O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi Featured

Published in State symbols

O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi

"O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to'g'risida"gi Qonun
1992-yil 10-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
o'n birinchi sessiyasida qabul qilingan

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi

Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!