OTA-ONALAR UCHUN MA'LUMOT


Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) Londondagi Vestminster universiteti bilan hamkorlikda 2002 yil 16 yanvarda tashkil etilgan. TXVU Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya malakalari boʼyicha gʼarbiy uslubda taʼlim beradigan birinchi xalqaro universitetdir. Universitet hozirgi zamon talablariga javob beradigan keng koʼlamli oʼquv dasturlarini taklif etadi hamda bu barcha dasturlar va yoʼnalishlar Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlangan. TXVU bitiruvchilariga diplom London shahridagi Vestminster Universiteti tomonidan beriladi. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi.

Image

Abituriyentlarning ota-onalari uchun axborot sessiyasi

Hurmatli ota-onalar!
Sizlarni 6-Mart kuni soat 15:00da universitetimizda bo'lib o'tadigan “Abituriyentlarning ota-onalari uchun axborot sessiyasiga” taklif etamiz. Tadbirda siz universitet haqida, kirish shartlari va talabalar hayoti haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Sizga qulay bo'lishi uchun tadbir 2ta alohida auditoriyada, o'zbek va rus tillarida olib boriladi.
Ro'yxatdan o'tgan barcha ota-onalarga biz qo'ng'iroq qilib tadbir haqida batafsil ma'lumot beramiz.

UNIVERSITET YOʼNАLISHLАRI

Taʼlim ingliz tilida quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha olib boriladi:

Universitetgacha taʼlim kursi / Course in Pre-Foundation Studies (CPFS)

Umumtaʼlim bosqichi (birinchi bosqich) / Certificate of International Foundation Studies

BАKАLАVR YOʼNАLISHLАRI (IKKINCHI BOSQICHDАN BOSHLАNАDI):

Biznes boshqaruvi / BA Business Management

Moliya / BSc Finance

Iqtisodiyot va moliya / BSc Economics with finance

Tijoriy huquq / BA Commercial Law

Biznesda axborot tizimlari / BSc Business Information Systems

MАGISTRАTURА YOʼNАLISHLАRI:

Xalqaro tijoriy huquq / LLM International Commercial Law

Inson resurslarini boshqarish va isteʼdodni rivojlantirish / MA Resource Management and Talent Development

Xalqaro biznes boshqaruvi / MA International Business Management

Biznesda tahlil qilish va analitika / MSc Business Intelligence and Analytics

Аmaliy iqtisodiyot / MSc Applied Economics

Jamoat salomatligi fani / MSc in Public Health Science

Tadqiqot metodlari / MSc Research Methods

Taʼlim olish va oʼqitish boʼyicha magistratura / MA Learning and Teaching

Taʼlim olish va oʼqitish yoʼnalishi boʼyicha maxsus kurs / PG Cert Teaching and Learning

OLIY TА'LIMDАN KEYINGI TА'LIM:

Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science)

KIRISH SHАRTLАRI

Umumtaʼlim bosqichiga kirish uchun Ingliz tili va matematika fanlaridan kirish imtihoni topshiriladi.

Matematika imtihoni

Matematika imtihoni TXVUda oʼtkaziladi. Oʼtish bali 40%. Imtihonga roʼyxatdan oʼtish jarayoni on-line tarzda amalga oshiriladi va admission.wiut.uz elektron tizimi orqali roʼyhatdan oʼtiladi. Savol namunalarini rasmiy vebsayt orqali yuklab olishingiz mumkin: Math Exam.

Ingliz tili imtihoni

Ingliz tili - IELTS 6.0, writing 5.0 (yoki TOEFL) imtihoni topshiriladi.

TXVU KАRYERА MАRKАZI

TXVU Karyera markazi 2006 yilda tashkil etilgan boʼlib, ushbu markaz talabalarning oʼqishdan boʼsh vaqtlarida, yozgi taʼtil kunlarida va Universitetni tamomlagandan soʼng ishga joylashishlariga yordam beradi. Shuningdek, talabalarning tanlagan yoʼnalishlarida koʼnikmalarini rivojlantirish uchun muhim xizmatlarni taqdim etadi.

Markaz bitiruvchilarni ish bilan taʼminlanish darajasini oshirishda muvaffaqiyatga erishdi – odatda 90% universitet bitiruvchilari oʼqishni tugatgandan keyin 6 oy davomida ish bilan taʼminlanadi. Bundan tashqari talabalarning aksariyati oʼqish davomidayoq markazning saʼy-harakatlari va yordami sababli, Nestle, PWC, Lukoil, Anglesey Food va General Motors kabi dunyoning yetakchi kompaniyalarining amaliyot dasturlarida faol ishtirok etmoqda.

KАRYERА MАRKАZI ISH BILАN TА'MINLАSHNING YUQORI KOʼRSАTKICHLАRINI QUYIDАGILАR ORQАLI TА'MINLАYDI:
Image

talabalarni oʼzlarini va taʼlim yoʼnalishlarini baholashga undash, ularga kasblari haqida aniq tasavvurni shakllantirishga imkon beradi

Image

kelajakdagi hamkorlik uchun barqaror sheriklikni taʼminlash uchun mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi

Image

talabalarni kelajakda ish bilan taʼminlash maqsadida kadrlar boshqaruvi xodimlari va tajribali ishbilarmonlar tomonidan professional treninglar, mashgʼulotlar oʼtkazadi

Image

talabalar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish maqsadida yetakchi ish beruvchilarni universitetga suhbatlar, seminarlar, maʼruzalar, shuningdek eng muhim va katta katta tadbir – Karyera koʼrgazmalariga taklif qiladi

BITIRUVCHILАR
Image

Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etilgandan beri (2002 yil) 7100 dan ortiq talabalar universitetning bakalavr va magistratura kurslarini tamomladilar. Bitiruvchilarimiz investitsiya, neft va gaz, moliya va bank, buxgalteriya hisoboti va audit, xalqaro rivojlanish loyihalari, oziq-ovqat sanoati, taʼlim, savdo, axborot texnologiyalari, davlat tizimi, farmatsevtika sanoati, koʼchmas mulk, ommaviy axborot vositalari va reklama, logistika, menejment, marketing va yurisprudentsiya, ogʼir sanoat, toʼqimachilik kabi turli xil sohalarda faoliyat yuritadilar.

TXVU bitiruvchilari Oʼzbekiston va xorijiy davlatlarning jahon miqyosidagi tashkilotlarida ishlab, mamlakatning turli sohalari, xususiy va xalqaro tashkilotlarning barqaror rivojlanishiga katta hissa qoʼshmoqdalar. TXVU nisbatan yosh universitet boʼlsada, yuqori malakali bitiruvchilar oʼzlari ishlayotgan sohalarda katta yutuqlarni namoyish etmoqdalar, ularning aksariyati oʼz sohalarining mutaxassislariga aylanishgan.

Bitiruvchilarning muvaffaqiyatlari universitetning taʼlim tizimini boshqarish toʼgʼri yoʼlga qoʼyilganligidan dalolat beradi. Universitet Oʼzbekistonda xalqaro professional taʼlimni rivojlantirishda oʼz saʼy-harakatlarini davom ettiradi.

TАLАBАLАR YOTOQXONАSI

Toshkent shahrida doimiy yashash joyiga ega boʼlmagan TXVU talabalari universitet yotoqxonalaridan biriga joylashishlari mumkin boʼladi. Hozirda universitetning ikki nafar yotoqxonasi mavjud boʼlib, ular taʼlim olish hududidan (ommaviy transportda borganda) 15 minut uzoqlikda joylashgan.

Universitet turar joylariga talab katta boʼlganligi uchun yotoqxonaga joylashishda raqobat kuchli boʼladi. Shu munosabat bilan yashash joyini oldindan tayin qilish uchun yotoqxonaga iloji boricha tezroq onlayn roʼyxatdan oʼtish maqsadga muvofiqdir.

Shuni eʼtiborga olingki, universitet yotoqxonalarining birida yashash TXVU turar joyida turish qoidalariga toʼliq rioya qilish sharti bilan amalga oshiriladi.

Image
TАLАBА NECHА YOSHDАN OʼQISHGА QАBUL QILINАDI?
  • Universitetning umumtaʼlim  bosqichiga talaba 17 yoshdan qabul qilinadi.

  • Universitetning bakalavr yoʼnalishiga  talaba 18 yoshdan qabul qilinadi.

CONTACT US

Call Centre 

+998 71 238 74 00
+998 71 238 74 44

admission@wiut.uz

For more information you may also 
visit our FAQs page

Image

Main

Alumni             Virtual Tour
Intranet           FAQ
Web Mail         Students

Quick Links

About Us         Parents        Scientific Council
Careers            News            Silk Road
Research                                Virtual Reception

 

UzRu

STUDENTS    INTRANET

ALUMNI         WEB MAIL

PARENTS       VRR