The “Ma’rifat ulashib” project

The “Ma’rifat ulashib” project

#Maʼrifat_ulashib

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida elimizning ardoqli va taniqli adiblari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Adabiy uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi va “Mehnat” fahriysi Suvon Meli, jurnalist, shoir va yozuvchi To‘lqin Eshbek va “Shuhrat” medali sovrindori, “Xalq ta’limi a’lochisi” huquqshunos, shoir va yozuvchi Rahmon Qo‘chqor universitetga tashrif buyurib, talaba va litsey o‘quvchilari bilan o‘zaro muloqot qildi.  

Adiblar bilan uchrashuv mushoira va adabiy gurunglarga boy bo‘ldi. Talabalar nafaqat mehmonlarning, balki o‘zlarining ham ijod namunalaridan o‘qib berishdi. Eng qiziqarli savol bergan o‘quvchilar adiblar va universitet tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarining talaba va o‘quvchilarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashni maqsad qilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adiblar bilan muloqot tadbirida eng faol qatnashgan talabalar sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tashrif davomida adiblar universitet rahbariyati hamda madaniyat va ma’rifat xodimlari bilan ham uchrashdilar. Shuningdek, TXVUga biriktirilgan Shayxontohur tumanidagi 192- va 320-maktab o‘quvchilari bilan ham adabiy suhbatlar uyushtirildi.

———


Westminster International University in Tashkent hosted a creative meeting with renowned Uzbek writers as part of the “Ma’rifat ulashib” project.

The event featured Suvon Meli, To‘lqin Eshbek, and Rahmon Qo‘chqor, who engaged in poetry readings and discussions with students and lyceum pupils. Students also shared their own creative work, with those asking the most engaging questions receiving gifts from the writers and the university.

The “Ma’rifat ulashib” project aims to promote reading, improve literary skills, and instill patriotism in students. During the visit, the writers also met with university leadership and students from affiliated schools.

Our channels: Website; Facebook; Instagram; LinkedIn; YouTube 

Main

Alumni             Virtual Tour
Intranet           FAQ
Web Mail         Students

Quick Links

About Us         Parents        Scientific Council
Careers            News            Silk Road
Research                                Virtual Reception

 

UzRu

STUDENTS    INTRANET

ALUMNI         WEB MAIL

PARENTS       VRR

Search1