OTA-ONALAR UCHUN MA'LUMOT


Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) Londondagi Vestminster universiteti bilan hamkorlikda 2002 yil 16 yanvarda tashkil etilgan. TXVU Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya malakalari boʼyicha gʼarbiy uslubda taʼlim beradigan birinchi xalqaro universitetdir. Universitet hozirgi zamon talablariga javob beradigan keng koʼlamli oʼquv dasturlarini taklif etadi hamda bu barcha dasturlar va yoʼnalishlar Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlangan. TXVU bitiruvchilariga diplom London shahridagi Vestminster Universiteti tomonidan beriladi. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi.

UNIVERSITET YOʼNALISHLARI

Taʼlim ingliz tilida quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha olib boriladi:

Universitetgacha taʼlim kursi / Course in Pre-Foundation Studies (CPFS)

Umumtaʼlim bosqichi (birinchi bosqich) / Certificate of International Foundation Studies

BAKALAVR YOʼNALISHLARI (IKKINCHI BOSQICHDAN BOSHLANADI):

Biznes boshqaruvi va uning yo'nalishlari / BA in Business Management and its Pathways:

• Biznes boshqaruvi / BA (Hons) in Business Management;

• Biznes boshqaruvi va marketing (Level 5) / BA (Hons) in Business Management with Marketing (Level 5);

• Biznes boshqaruvi va moliya (Level 5) / BA (Hons) in Business Management with Finance (Level 5)

Moliya / BSc in Finance

Iqtisodiyot va uning yo'nalishlari / BSc (Hons) in Economics and its Pathways:

• Iqtisodiyot va moliya (Level 5) / BSc (Hons) in Economics with Finance (Level 5);

• Iqtisodiyot va Data Science (Level 5) / BSc (Hons) in Economics with Data Science (Level 5)

Tijoriy huquq / BA in Commercial Law

Biznesda axborot tizimlari / BSc in Business Information Systems

Kompyuter fanlari / BSc in Computer Science

MAGISTRATURA YOʼNALISHLARI:

Xalqaro tijoriy huquq / LLM in International Commercial Law

Inson resurslarini boshqarish va isteʼdodni rivojlantirish / MA in Human Resource Management and Talent Development

Xalqaro biznes boshqaruvi / MA in International Business Management

Biznesda tahlil qilish va analitika / MSc in Business Intelligence and Analytics

Amaliy iqtisodiyot / MSc in Applied Economics

Moliya / MBA in Finance

Jamoat salomatligi fani / MSc in Public Health Science

Ijtimoiy fanlar tadqiqot metodlari / MSc in Research Methods for Social Sciences

Ijodiy sanoat boshqaruvi / MA in Creative Industries Management

Ijtimoiy fanlar tadqiqot metodlari boʼyicha maxsus kurs / Postgraduate Certificate in Research Methods for Social Sciences

Taʼlim olish va oʼqitish boʼyicha magistratura / MA in Learning and Teaching

Taʼlim olish va oʼqitish yoʼnalishi boʼyicha maxsus kurs / Postgraduate Certificate in Teaching and Learning

OLIY TA'LIMDAN KEYINGI TA'LIM:

Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science)

KIRISH SHARTLARI

Umumtaʼlim bosqichiga kirish uchun Ingliz tili va matematika fanlaridan kirish imtihoni topshiriladi.

Matematika fanidan kirish imtihonlari TXVU hududida o‘tkaziladi. Natijada 50 va undan yuqori ball to’plagan abituriyentlarga ustunlik beriladi. 40 dan 49 ballgacha to‘plagan abituriyentlar bo’sh joy mavjudligiga qarab ko‘rib chiqiladi. Imtihonga admission.wiut.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Imtihon savollari va namunalarini quyidagi havoladan ko’rishingiz mumkin: www.wiut.uz/math-exams
Ingliz tili - IELTS 6.0, writing 5.0 (yoki TOEFL) imtihoni topshiriladi.

TXVU KARYERA MARKAZI

TXVU Karyera markazi 2006 yilda tashkil etilgan boʼlib, ushbu markaz talabalarning oʼqishdan boʼsh vaqtlarida, yozgi taʼtil kunlarida va Universitetni tamomlagandan soʼng ishga joylashishlariga yordam beradi. Shuningdek, talabalarning tanlagan yoʼnalishlarida koʼnikmalarini rivojlantirish uchun muhim xizmatlarni taqdim etadi.

Markaz bitiruvchilarni ish bilan taʼminlanish darajasini oshirishda muvaffaqiyatga erishdi – odatda 90% universitet bitiruvchilari oʼqishni tugatgandan keyin 6 oy davomida ish bilan taʼminlanadi. Bundan tashqari talabalarning aksariyati oʼqish davomidayoq markazning saʼy-harakatlari va yordami sababli, Nestle, PWC, Lukoil, Anglesey Food va General Motors kabi dunyoning yetakchi kompaniyalarining amaliyot dasturlarida faol ishtirok etmoqda.

KARYERA MARKAZI ISH BILAN TA'MINLASHNING YUQORI KOʼRSATKICHLARINI QUYIDAGILAR ORQALI TA'MINLAYDI:
Image

talabalarni oʼzlarini va taʼlim yoʼnalishlarini baholashga undash, ularga kasblari haqida aniq tasavvurni shakllantirishga imkon beradi

Image

kelajakdagi hamkorlik uchun barqaror sheriklikni taʼminlash uchun mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi

Image

talabalarni kelajakda ish bilan taʼminlash maqsadida kadrlar boshqaruvi xodimlari va tajribali ishbilarmonlar tomonidan professional treninglar, mashgʼulotlar oʼtkazadi

Image

talabalar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish maqsadida yetakchi ish beruvchilarni universitetga suhbatlar, seminarlar, maʼruzalar, shuningdek eng muhim va katta katta tadbir – Karyera koʼrgazmalariga taklif qiladi

BITIRUVCHILAR
Image

Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etilgandan beri (2002 yil) 7100 dan ortiq talabalar universitetning bakalavr va magistratura kurslarini tamomladilar. Bitiruvchilarimiz investitsiya, neft va gaz, moliya va bank, buxgalteriya hisoboti va audit, xalqaro rivojlanish loyihalari, oziq-ovqat sanoati, taʼlim, savdo, axborot texnologiyalari, davlat tizimi, farmatsevtika sanoati, koʼchmas mulk, ommaviy axborot vositalari va reklama, logistika, menejment, marketing va yurisprudentsiya, ogʼir sanoat, toʼqimachilik kabi turli xil sohalarda faoliyat yuritadilar.

TXVU bitiruvchilari Oʼzbekiston va xorijiy davlatlarning jahon miqyosidagi tashkilotlarida ishlab, mamlakatning turli sohalari, xususiy va xalqaro tashkilotlarning barqaror rivojlanishiga katta hissa qoʼshmoqdalar. TXVU nisbatan yosh universitet boʼlsada, yuqori malakali bitiruvchilar oʼzlari ishlayotgan sohalarda katta yutuqlarni namoyish etmoqdalar, ularning aksariyati oʼz sohalarining mutaxassislariga aylanishgan.

Bitiruvchilarning muvaffaqiyatlari universitetning taʼlim tizimini boshqarish toʼgʼri yoʼlga qoʼyilganligidan dalolat beradi. Universitet Oʼzbekistonda xalqaro professional taʼlimni rivojlantirishda oʼz saʼy-harakatlarini davom ettiradi.

TALABALAR YOTOQXONASI

Toshkent shahrida doimiy yashash joyiga ega boʼlmagan TXVU talabalari universitet yotoqxonalaridan biriga joylashishlari mumkin boʼladi. Hozirda universitetning ikki nafar yotoqxonasi mavjud boʼlib, ular taʼlim olish hududidan (ommaviy transportda borganda) 15 minut uzoqlikda joylashgan.

Universitet turar joylariga talab katta boʼlganligi uchun yotoqxonaga joylashishda raqobat kuchli boʼladi. Shu munosabat bilan yashash joyini oldindan tayin qilish uchun yotoqxonaga iloji boricha tezroq onlayn roʼyxatdan oʼtish maqsadga muvofiqdir.

Shuni eʼtiborga olingki, universitet yotoqxonalarining birida yashash TXVU turar joyida turish qoidalariga toʼliq rioya qilish sharti bilan amalga oshiriladi.

Image
  • Universitetning umumtaʼlim  bosqichiga talaba 17 yoshdan qabul qilinadi.

  • Universitetning bakalavr yoʼnalishiga  talaba 18 yoshdan qabul qilinadi.

CONTACT US

Call Centre 

+998 71 238 74 00
+998 71 238 74 44

admission@wiut.uz

For more information you may also 
visit our FAQs page

Image